Biz Venada o‘tkazilgan Yevropa kataraktal va refraksion jarrohlar jamiyati (ESCRS) ning 41 kongressidamiz.

Biz Venada o‘tkazilgan Yevropa kataraktal va refraksion jarrohlar jamiyati (ESCRS) ning 41 kongressidamiz.

2023 yil 8 –12 sentyabr kunlari Venada jahon oftalmologik jamiyatining muhim hodisasi – Yevropa kataraktal va refraksion jarrohlar jamiyati (ESCRS) ning 41 kongressi bo‘lib o‘tdi. Kongressda jahonning turli mamlakatlaridan oftalmologlar, shu jumladan SAIF-OPTIMA ning yetakchi oftalmologlari ham ishtirok etdilar.

SAIF-OPTIMA mutaxassislari oftalmologiya dunyosidagi oxirgi yangiliklar, dolzarb ilmiy tadqiqotlar va yangi ixtirolar bilan tanishdilar, boshqa mamlakatlardagi hamkasblari bilan tajriba almashdilar, oftalmologik kasalliklarni diagnozlash va davolash masalalarini, shuningdek jarrohlikning zamonaviy imkoniyatlarini muhokama qilishda ishtirok etdilar.

Ma’lumotnoma: The European Society of Cataract and Refractive Surgeons (ESCRS) ga 1991 yilda asos solingan. ESCRS Yevropada kataraktal, refraksion jarrohlar uchun va ko‘zning old bo‘lagi jarrohligida yetakchi tashkilot hisoblanadi. Jamiyat jahonning deyarli 130 mamlakatidan 7500 dan ortiq a’zoni o‘z ichiga oladi. ESCRS oftalmologlarning xalqaro tajribasini butun Yevropa bo‘yicha muhokama qilish, o‘rganish va tarqatish uchun noyob forumni taklif etadi.

Share this post

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan