2004 yildan SAIF OPTIMA klinikasi kattalar va bolalarning ko‘z kasalliklarini muvaffaqiyatli davolab kelmoqda. Va 20 yil mobaynida faoliyatimizning asosiy postulati patsientlarga diagnoz qo‘yish va davolashda ularning sonini oshirish emas, sifat uchun kurash hisoblanadi.
SAIF OPTIMA klinikasi mutaxassislari 2015 yildan O‘zbekistonda birinchilardan bo‘lib ko‘rishni femtolazerli korreksiyalash usulini 100% qo‘llay boshladilar.
Bugungi kunda klinika ko‘rishni korreksiyalashning ushbu metodikasini o‘tkazish bo‘yicha juda katta tajribaga ega.
Femto LASIK nima?
Bu ko‘rishni zamonaviy lazerli korreksiyalash, klassik LASIK ning yanada takomillashgan turi.
Femto LASIK da manipulyatsiyalar faqat lazer yordamida o‘tkaziladi, shuning uchun operatsiyani pichoqsiz operatsiya deb atash mumkin.
Barcha jarayonlarni yuqori aniqlikdagi kompyuter nazorat qiladi, shu tufayli muolaja vaqtida xavflar deyarli bo‘lmaydi. Kompyuter har nanosekundda ko‘z holatini tekshiradi, bu muguz pardani yanada aniq korreksiyalash imkonini beradi.
Femto LASIK qanday o'tkaziladi?
Femto LASIK ning LASIK dan asosiy farqi shundan iboratki, bunda muguz parda lazer yordamida olinadi, ya’ni, muguz pardaga mexanik ta’sir bo‘lmaydi. Bu esa o‘z navbatida manipulyatsiyani yanada xavfsiz qiladi va jarohatlanishni istisno etadi.
Muguz parda laxtagini shakllantirish
Muguz parda laxtagini ko‘tarish
Muguz pardaning yangi yuzasini shakllantirish
Laxtakni dastlabki holatiga qaytarish
FemtoLASIK kimlar uchun?
Ushbu usul muammolarning keng spektrini hal qilish imkonini beradi:
- Uzoqni yaxshi ko‘rmaslik (miopiya) – 15.0 dioptriygacha diapazonda
- Uzoqni yaxshi ko‘rish (gipermetropiya) +6,0 dioptriygacha
- Miopik astigmatizm – 6,0 dioptriygacha
- Gipermetropik astigmatizm +4 dioprtiygacha
Bundan tashqari ushbu metodika ilgari muguz pardasi o‘ta yupqaligi sababli (keratokonus taxmin qilingan) ko‘rishni lazerli korreksiyalash muolajasini o‘tkaza olmaydigan patsientlarga ham to‘g‘ri.
Femto LASIK nimalar yordamida o‘tkaziladi?
Klinika yanada mukammal va maksimal darajada xavfsiz jarrohlikni o‘tkazish uchun lazerli operatsiya xonasini oftalmologik uskunaning noyob kompleksi bilan jihozladi:
Ziemer Femto Z8 Neo (Shveysariya) noyob femtosekundli lazer energiyaning juda qisqa impulsli va yuqori chastotali past darajasida ishlaydi. Bunday jarayonda ko‘z to‘qimalari yuqori energetik lazerlardan foydalanishga nisbatan ancha kamroq shikastlanadi.
WaveLight® EX500 eksimer lazeri bugungi kunda jahonda eng tezkor eksimer lazer hisoblanadi. Yuqori samaradorlik WaveLight® algoritmi va yanada tez ishlaydigan lazer kallagi bilan ta’minlanadi, bu muolajani patsient uchun ancha qulay qiladi va maqbul natijalarni ta’minlaydi.
Tanlov o‘zingizdan!
Sizga sog‘lig‘ingiz evaziga tejash kerakmi?
O‘ylab ko‘ring… yangi smartfon olgandan ko‘ra yangi, sifatli ko‘rishga ega bo‘lish yaxshiroq emasmi ?
O‘zingiz uchun zamonaviy oftalmologiyada ayni vaqtda mavjud bo‘lgan oxirgi avlod texnologiyasini tanlang.
Va bunda Sizga SAIF-OPTIMA ko‘z klinikasining professionallari har doim yordam beradi.
Siz ushbu hujjatni yuklab olib, Femtokorreksiyagacha va undan keyingi zarur harakatlar to‘g‘risidagi axborot bilan tanishishingiz mumkin.
Qabulga yoziling
Qabul vaqti:
Dushanba - Juma - 9:00 dan 16:00 gacha
Shanba - 9:00 dan 14:00 gacha
Yakshanba - dam olish kuni
Toshkentdagi manzil:
Toshkent sh., Alimkent 1-tor ko'chasi, 32
Andijondagi manzil:
Andijon sh., Chauma ko'chasi,73