2004-yildan buyon SAIF-OPTIMA klinikasi kattalar va bolalarda ko’z kasalliklarini muvaffaqiyatli davolab kelmoqda. Va 20 yil davomida faoliyatimizning asosiy postulati, bemorlar sonini ko’paytirish emas, balki ularga tashxis qo’yish va davolashda sifat uchun kurashdir.
Har yili klinika mutaxassislari ko’z patologiyalarini davolashning yangi texnologiyalarini joriy qilmoqdalar.
Ko’rish qobiliyatini tuzatishning eng so’nggi usullaridan biri bu – StreamLight.
Bugungi kunda klinikada ko’rish qobiliyatini tuzatishning ushbu usulini amalga oshirishda katta tajriba mavjud.
StreamLight nima?
StreamLight (СтримЛайт) — bu hech qanday jarrohlik asboblaridan foydalanmasdan “one step” bir bosqichda amalga oshiriladigan ko’rish qobiliyatini noyob kontaktsiz lazerli korreksiyasi muolajasidir.
StreamLight qanday o’tkaziladi?
Bemorning ko’zlari tomchilar bilan og’riqsizlantiriladi, shundan so’ng lazer tizimi operatsiyani avtomatik ravishda amalga oshiradi.
Ko’rish qobiliyatini tuzatishning ushbu usuli inson omilini butunlay istisno qiladi. Operatsiya vaqti qisqaradi: protsedura atigi 20 soniya davom etadi. Operatsiyadan keyingi reabilitatsiya esa tezroq kechadi.
Usulning afzalliklari:
Ushbu usul keng ko’lamli muammolarni hal qilishga imkon beradi, jumladan:
- Kontaktsiz muolaja – hech qanday tibbiy asbob aralashuvi yo’q
- Bir bosqichda amalga oshiriladi: qo’shimcha jarrohlik amaliyotiga ehtiyoj yo’q
- Yupqa shox pardasi bo’lgan odamlar uchun mos keladi
- Inson omilini butunlay istisno qiladi
- Operatsiyadan keyin davolanish tezroq kechadi
- Shox pardaga mexanik ta’sir ko’rsatmaslik ko’rish o’tkirligi va sifatini yaxshilaydi
StreamLight nima yordamida amalga oshiriladi?
Bizning klinikamizda StreamLight muolajasi global oftalmologiya yetakchisi Alcon kompaniyasining eng yangi Wave Light EX500 lazerida amalga oshiriladi. Bu dunyodagi eng tezkor so’nggi avlod lazerlaridan biridir.
Shunday qilib, ko’rish qobiliyatining lazerli korreksiyasi nafaqat xavfsiz va yaxshi prognozlanadigan, balki butunlay kontaktsiz hamdir. Operatsiya paytida asbobning ko’zga har qanday manipulyatsiyasi istisno qilinadi. Ko’rish qobiliyati korreksiyasining barcha bosqichlari bevosita lazer yordamida amalga oshiriladi.
Tanlov o‘zingizdan!
Sizga o‘z sog‘lig‘ingiz hisobiga tejash kerakmi?
O‘ylab ko‘ring… yangi smartfon olgandan ko‘ra yangi, sifatli ko‘rishga ega bo‘lish yaxshiroq emasmi ?
O‘zingiz uchun zamonaviy oftalmologiyada ayni vaqtda mavjud bo‘lgan oxirgi avlod texnologiyalarini tanlang.
Va bunda Sizga SAIF-OPTIMA ko‘z klinikasining professionallari har doim yordam beradi.
Qabulga yoziling
Qabul vaqti:
Dushanba - Juma - 9:00 dan 16:00 gacha
Shanba - 9:00 dan 14:00 gacha
Yakshanba - dam olish kuni
Toshkentdagi manzil:
Toshkent sh., Alimkent 1-tor ko'chasi, 32
Andijondagi manzil:
Andijon sh., Chauma ko'chasi,73