Ko‘rishni lazer yordamida korreksiyalash

Lazerli korreksiya nima?

Ko‘rishni lazerli korreksiyalash – 10 daqiqa ichida Sizga yaxshi ko‘rishni qaytara oladigan muolaja. U mutlaqo og‘riqsiz va xavfsiz, bunga bizning minglab patsientlarimiz ishonch hosil qildilar.

Operatsiyaning ushbu turida lazerning “sovuq” nuri muguz pardaning o‘ta yupqa qatlamini nuqtali bug‘latadi, bu bilan uning egriligini o‘zgartiradi.

Bu ko‘zda yorug‘lik sinishini o‘zgartirish, uni bevosita to‘rpardaga to‘plash va turli masofalardagi predmetlarning aniq tasvirini ko‘rish imkonini beradi.

Lazerli korreksiyaning qanday turlari mavjud?

Bizning klinikamizda Siz albatta Sizga to‘g‘ri keladigan lazerli korreksiya turini tanlashingiz mumkin bo‘ladi.

Usullarimizning eng asosiy afzalligi – kontaktsizlik va jarrohlik pichog‘idan emas, balki lazerdan foydalanish.

Ko‘rishni lazerli korreksiyalash quyidagi imkoniyatlarni beradi:

  • Uzoqni yaxshi ko‘rmaslikni korreksiyalash –12D gacha
  • Astigmatizmni korreksiyalash –6D gacha
  • Uzoqni yaxshi ko‘rishda ko‘rishni yaxshilash +6D gacha
  • Muguz pardani mustahkamlash (keratokonusda krossliking yordamida).

Lazerli korreksiyaga qarshi ko'rsatmalar:

Doimiylari

  • Yuqori darajadagi ambliyopiya
  • Ko‘ruv nervining atrofiyasi
  • Glaukoma
  • Katarakta
  • Rivojlanib borayotgan keratokonus
  • Muguz pardaning qatlamlanib ko‘chishi
  • Qandli diabet
  • Biriktiruvchi to‘qimaning tizimli kasalliklari
  • Yagona ko‘radigan ko‘z

Vaqtinchalik

  • Ko‘zning infeksiyali-yallig‘lanish kasalliklari
  • Rivojlanayogan uzoqni yaxshi ko‘ra olmaslik (lazerli korreksiya holat barqarorlashgandan so‘ng o‘tkaziladi).
  • Muguz pardaning distrofik o‘zgarishlari
  • Homiladorlik va laktatsiya davri

SAIF-OPTIMA klinikasida ko‘rishni lazerli korreksiyalashning afzalliklari

Sifatli diagnozlash

Bizning patsientlarimiz eng zamonaviy uskunalarda to‘liq va sifatli ko‘rikdan o‘tadilar. Biz bu maqsadlar uchun quyidagi noyob priborlarga egamiz:

  • Muguz parda parametrlarini aniqlash uchun CASIA2 (Tomey, Yaponiya) tomografida ko‘z old bo‘lagi OKT.
  • MDH mamlakatlarida o‘xshashi bo‘lmagan, nurlarni trassirovkalash funksiyasiga (Ray tracing) ega bo‘lgan, oftalmologiyada 5 ta muhim qurilma: aberrometr, avtorefraktometr, keratometr, pupillometr va muguz parda topografi rolini bajaradigan iTrace uskunasi.
  • Topolyzer Vario WAVELIGHT keratotopografi muguz parda nomuntazamligining yuqori darajasi va refraksiya og‘ishishlarining murakkab turlari bo‘lgan patsientlarni tekshirishda natijalar aniqligini ta’minlaydi va lazerli korreksiyaning Contoura Vision kabi turini amalga oshirish imkonini beradi.

O‘ta aniq jarrohlik

Klinika yanada mukammal va imkon qadar xavfsiz jarrohlikni o‘tkazish uchun lazerli operatsiya xonasini oftalmologik uskunaning noyob kompleksi bilan jihozladi:

Ziemer Femto Z8 Neo (Shveysariya) noyob femtosekundli lazeri energiyaning juda qisqa impulsli va yuqori chastotali past darajasida ishlaydi. Bunday jarayonda ko‘z to‘qimalari yuqori energetik lazerlardan foydalanishga nisbatan ancha kamroq shikastlanadi.

WaveLight® EX500 eksimer lazeri bugungi kunda jahonda eng tezkor eksimer lazer hisoblanadi. Yuqori samaradorlik WaveLight® algoritmi va yanada tez ishlaydigan lazer kallagi bilan ta’minlanadi, bu muolajani patsient uchun ancha qulay qiladi va maqbul natijalarni ta’minlaydi.

Tajribali mutaxassislar

Soliev Iqbol Fozilovich – tibbiyot fanlari nomzodi, oliy toifali vrach, Yevropa katarakta va refraksiya jarrohlari jamiyati (ESCRS) a’zosi, u O‘zbekistonda birinchi marta fakoemulsifikatsiya usulini joriy etgan va 20 mingdan ortiq patsientni muvaffaqiyatli operatsiya qilgan.

Muhamedova Nazokat Ismoilovna – oliy toifali vrach, Turkiya oftalmologlar jamiyatining a’zosi, 5 yil mobaynida lazerli korreksiya operatsiyalarini muvaffaqiyatli o‘tkazib kelmoqda va uning hisobida bir necha ming minnatdor patsient mavjud.

Tanlov o‘zingizdan!

Sizga sog‘lig‘ingiz evaziga tejamkor bo‘lish zarurmi?

O‘ylab ko‘ring… yangi smartfon olgandan ko‘ra yangi, sifatli ko‘rishga ega bo‘lish yaxshiroq emasmi?

O‘zingiz uchun zamonaviy oftalmologiyada ayni vaqtda mavjud bo‘lgan oxirgi avlod texnologiyalarini tanlang

Va bunda Sizga SAIF-OPTIMA ko‘z klinikasining professionallari har doim yordam beradi.

Qabulga yoziling

Qabul vaqti:

Dushanba - Juma - 9:00 dan 16:00 gacha

Shanba - 9:00 dan 14:00 gacha

Yakshanba - dam olish kuni

Toshkentdagi manzil:

Toshkent sh., Alimkent 1-tor ko'chasi, 32

Andijondagi manzil:

Andijon sh., Chauma ko'chasi,73

Elektron manzil: