Biz haqimizda

SAIF-OPTIMA-ga xush kelibsiz

«SAIF-OPTIMA» ko‘z klinikasiga 2004 yilda Toshkent shahrida asos solingan. Ko’z shifoxonasining Andijonda filiali mavjud. Klinika xalqaro standartlarga rioya qilgan holda eng yangi texnologiyalar va metodikalarni qo‘llab sifat jihatidan yangi darajadagi oftalmologik xizmatlarning keng spektrini taklif etadi.

REFRAKTSION JARROHLIKDA 20 YILDAN ORTIQ

Klinikaning rahbari va yetakchi oftalmolog-jarrohi Soliyev Iqbol Fozilovich – Yevropa va Amerika kataraktal va refraksion jarrohlar jamiyatlari, shuningdek Turkiy tillar mamlakatlari oftalmologlari jamiyatining a’zosi.

2004 yilda Soliyev I.F. O‘zbekistonda birinchi marta «SAIF-OPTIMA» klinikasida kataraktani jarrohlik yo‘li bilan davolashning butun jahonda tan olingan usuli – fakoemulsifikatsiyani joriy etdi. Bugungi kunda klinikada nafaqat an’anaviy ultratovushli fakoemulsifikatsiya, balki Ziemer (Shveysariya) ning FEMTO Z8 NEO da femtolazer yordami bilan operatsiyalar ham o‘tkaziladi.

2010 yilda SAIF-OPTIMA ko’z shifoxonasi keratokonusni davolash uchun muguz parda kollagenining krosslinking usulini birinchi marta, nafaqat O’zbekistonda, balki O’rta Osiyoda birinchilardan bo’lib joriy etdik. 2021 yildan boshlab esa biz PXL Platinum 330 PESCHKE (Shveysariya) yangi avlod  qurilmasidan foydalanamiz.

2012 yildan boshlab bizning mutaxassislarimiz birinchilardan bo‘lib yuqori darajadagi miopiyani korreksiyalash uchun fakich IOL, shuningdek katarakta jarrohligida multifokal IOL ni qo‘llay boshladilar.

Yana, bizning yutuqlarimizdan biri FEMTO LASIK yangi usulini qo‘llash hisoblanadi, bu usulni O‘zbekistonda birinchilardan bo‘lib 2015 yildan  qo‘llashni boshlanganmiz. Bu bilan bir qatorda biz 2023 yildan eng xavfsiz, prognozlanadigan va mukammal metodika sifatida  mutlaqo yangi va noyob metodika – CLEAR ni joriy etdik. FEMTO LASIK va CLEAR – bu ko‘rishni lazerli korreksiyalashning yagona 100% lazerli usullaridir.

Glaukomaning mikroinvaziv jarrohligi, shuningdek ushbu kasallikni eng erta bosqichlarida diagnozlash va davolash imkonini beradigan noyob uskunaning mavjudligi  klinikaning boshqa bir afzalligi hisoblanadi.

Bugungi kunda diagnozlash hamda davolashning ilg‘or texnologiyalari va usullarini o‘zlashtirishga tayyor yosh professionallar ko‘z klinikasining asosiy o‘zagi hisoblanadi. Bizning xodimlarimiz muntazam ravishda stajirovkalar o‘tadilar va Yevropa, AQSH, Hindiston va boshqa mamlakatlarda o‘tkaziladigan xalqaro kongresslarda ishtirok etib keladilar.

Biz o‘z faoliyatimizda xalqaro sifat standartlari va daliliy tibbiyot asoslariga rioya qilamiz, bunda ishonchli raqamli ko‘rsatkichlardan foydalanish va xatolarni istisno etish bosh tamoyil, asosiy mezon esa – yakuniy natija hisoblanadi.

Buning uchun biz jahonning eng yaxshi ishlab chiqaruvchilaridan olingan zarur uskunaga egamiz. Bundan tashqari, klinika daromadining asosiy qismi ilmiy-texnika bazasini kengaytirishga va tibbiy xodimlar malakasini oshirishga sarflanadi.

Patsientlarga diagnoz qo‘yish va davolashda faoliyatimizning asosiy postulati ularning sonini oshirish emas, balki sifat uchun kurash hisoblanadi.

Отзывы

50+ ming baxtli bemorlar

45+ turdagi jarrohlik amaliyotlari

25+ yillik muvaffaqiyatli
amaliyot

Qabulga yoziling

Qabul vaqti:

Dushanba - Juma - 9:00 dan 16:00 gacha

Shanba - 9:00 dan 14:00 gacha

Yakshanba - dam olish kuni

Toshkentdagi manzil:

Toshkent sh., Alimkent 1-tor ko'chasi, 32

Andijondagi manzil:

Andijon sh., Chauma ko'chasi,73

Elektron manzil: