SAIF-OPTIMA 2004 yildan kattalar va bolalarda ko‘z kasalliklarini muvaffaqiyatli davolab kelmoqda. Va 20 yil mobaynida faoliyatimizning asosiy postulati patsientlarga diagnoz qo‘yish va davolashda, ularning sonini oshirish emas, balki sifat uchun kurash hisoblanadi.
Vitreoretinal jarrohlik nima?
Bu oftalmojarrohlikning eng murakkab sohasi bo‘lib, to‘r parda va shishasimon tana kasalliklarida kombinatsiyalashgan operatsiyalar o‘tkaziladi.
Vitreoretinal jarrohlikning maqsadi to‘rparda, shishasimon tananing nuqsonlari bo‘lgan patsientlarda ko‘rishni yo‘qotishning oldini olish va ko‘rish qobiliyatini imkon qadar yaxshilash hamda saqlab qolish, shuningdek ko‘z anatomiyasini tiklashdan iborat.
Qanday kasalliklarni davolaymiz?
Klinikamizda biz 15 yildan beri to‘rparda va shishasimon tananing quyidagi kasalliklarini diagnozlaymiz, konservativ va mikrojarrohlik bilan davolaymiz:
- Shishasimon tanaga qon quyilishi (gemoftalm)
- To‘rpardaning qatlamlanib ko‘chishi
- To‘rpardaning makulyar uzilishi
- To‘rpardaning epiretinal membranasi
- Proliferativ diabetik retinopatiya
- Shishasimon tananing yallig‘lanish oqibatida xiralashishi (endoftalmit)
- Ko‘z jarohatlarining oqibatlari
- Diabetik makulyar shishish
- To‘rpardaning yoshga doir makulyar degeneratsiyasi
- Tomir kasalliklari (to‘rparda venalari trombozi, gipertonik retinopatiya va boshqalar) oqibatidagi retinopatiya
SAIF-OPTIMA da to‘rparda va shishasimon tana kasalliklarini davolashning afzalliklari
Sifatli diagnostika, jarrohlik va dinamik kuzatuv
Diagnostika
Patsientlar eng zamonaviy uskunada jiddiy ko‘rik va diagnozni aniqlashtirish uchun zarur tekshiruvdan o‘tadilar. Bu xususan, quyidagilar:
- SPECTRALIS (Heidelberg Engineering, Germaniya) priborida to‘rparda va ko‘ruv nervining optik kogerent tomografiyasi (OKT);
- Ko‘zning ort bo‘lagidagi patologiyalarni aniqlash uchun mo‘ljallangan UD-8000 apparatida (Tomey, Yaponiya) ultratovushli V-skanerlash.
Olingan tekshirish natijalari davolashning bundan keyingi taktikasini aniqlash va jarrohlikning maqbul usulini tanlash uchun batafsil o‘rganiladi va tahlil qilinadi. Klinikamizda operatsiyalar ambulatoriya sharoitida o‘tkaziladi. Zaruriyat bo‘lganida operatsiyalar sedativ vositalarni qo‘llanib «uyquda» metodikasi bo‘yicha o‘tkazilishi mumkin.
O‘ta aniq jarrohlik
Operatsiyalarni o‘tkazish uchun biz ichiga RESCAN 700 intraoperatsion tomografi o‘rnatilgan OPMI Lumera 700 (Carl Zeiss Meditec, Germaniya) mikroskopidan va RESIGHT 700 keng burchakli kontaktsiz motorlashtirilgan kuzatish tizimidan foydalanamiz.
Bu texnologiyalar bizga operatsiyaning borishini nazorat qilishga yordam beradi, haqiqiy vaqt rejimida uchinchi o‘lchovni qo‘shish imkoniyati esa jarrohga nozik manipulyasiyalarni zargarona aniqlikda va asoratlarsiz o‘tkazish imkonini beradi. To‘rparda tasvirining yuqori aniqlikda o‘zgarish tezligi va kattalashishi jarrohga o‘z vaqtida to‘rpardaning zaruriy sohasiga diqqatni qaratish imkonini beradi.
Tajribali mutaxassislar
Tibbiyot fanlari nomzodi Zohidov Azizbek Bahodirovich vitreoretinal jarrohlik bilan shug‘ullanadi, kataraktani olib tashlashni o‘z ichiga oladigan qo‘shma operatsiyalar esa klinikaning bosh vrachi Soliev I.F., shuningdek oftalmolog-jarroh Muxamedova N.I. bilan hamkorlikda o‘tkaziladi.
Oxirgi 10 yil mobaynida SAIF-OPTIMA klinikasida doktor Akshey Kxera maslahatlar berib va bolalarda vitreoretinal operatsiyalarni muvaffaqiyatli o‘tkazib kelmoqda.
Qo‘llaniladigan materiallarning sifati
Biz o‘z amaliyotimizda jahondagi yetakchi ishlab chiqaruvchilarning maxsus bir martalik vitreoretinal asboblari va PFOS, silikon moylar gazlar kabi yuqori sifatli tamponlovchi moddalarini qo‘llaymiz, bu operatsiyaning ijobiy anatomik natijasiga erishishni, to‘r pardaning to‘liq jipslashishi va vitreal bo‘shliqning shaffofligini kafolatlaydi.
Ko‘rish qobiliyatingizni saqlang!
O‘zingiz uchun zamonaviy oftalmologiyada ayni vaqtda mavjud bo‘lgan oxirgi avlod texnologiyasini tanlang.
Va bunda Sizga SAIF-OPTIMA ko‘z klinikasining professionallari har doim yordam beradi.
Qabulga yoziling
Qabul vaqti:
Dushanba - Juma - 9:00 dan 16:00 gacha
Shanba - 9:00 dan 14:00 gacha
Yakshanba - dam olish kuni
Toshkentdagi manzil:
Toshkent sh., Alimkent 1-tor ko'chasi, 32
Andijondagi manzil:
Andijon sh., Chauma ko'chasi,73