Keratokonusni davolash

Innovatsiyalarni joriy etishning 20 yillik tajribasi

2004 yildan SAIF OPTIMA klinikasi kattalar va bolalarning ko‘z kasalliklarini muvaffaqiyatli davolab kelmoqda. Va 20 yil mobaynida faoliyatimizning asosiy postulati patsientlarga diagnoz qo‘yish va davolashda ularning sonini oshirish emas, balki sifat uchun kurash hisoblanadi.

2010 yilda biz O‘zbekistonda birinchi marta keratokonusni davolash uchun muguz parda kollagenining krosslinkingi usulini joriy etdik. Bugungi kunda klinikada 3000 dan ortiq muolaja o‘tkazildi.

2011 yildan klinikada keratokonusni davolash uchun intrastromal segmentlar implantatsiyasi o‘tkaziladi, 2006 yildan esa ushbu muolaja femtosekundli lazer yordamida o‘tkaziladi.

Keratokonus nima?

Keratokonus – yallig‘lanmagan ko‘z kasalligi bo‘lib, muguz parda normal shaklining yupqalashishi va sekin-asta sferikdan konussimon shaklga o‘zgarishiga olib keladi.

Shu sababli yorug‘lik nurlari notekis sina boshlaydi, bu esa ko‘rish o‘tkirligi yo‘qotilishi va predmetlar tasvirining ko‘rinishi buzilishiga olib keladi.

O‘z vaqtida davolamaslik ko‘rishning deyarli butkul yo‘qotilishiga olib kelishi mumkin.

Sog'lom ko'z

Keratokonus

Qanday namoyon bo'ladi?

Keratokonusning birinchi namoyon bo‘lishi, odatda, o‘smirlik yoshida (10-16 yoshda) yuzaga chiqadi. Lekin keratokonusning 25-30 yoshda kech rivojlanish holatlari ham ma’lum.

Kasallikning kechishi odatda 10-15 yil mobaynida sekin-asta rivojlanishi bilan tavsiflanadi. Bemorda ko‘rish o‘tkirligining pasayishi va predmetlarning ikkitalab ko‘rinishi kuzatila boshlanadi.

Qanday davolash kerak?

Bugungi kunda kerotokonusni davolash uchun klinikamiz mutaxassislari tomonidan muguz parda kollagenining krosslinkingi va muguz parda segmentlarining implantatsiyasi kabi xalqaro tan olingan metodikalar qo‘llaniladi.

Krosslinking

Muguz pardaning kollagenli krosslinkingi (CXL) kasallikning rivojlanishini boshlang‘ich bosqichda to‘xta oladigan yagona usul hisoblanadi.

Krosslinking – bu muguz pardaning biriktiruvchi to‘qimasini mustahkamlovchi muolaja. Buning uchun UB nurlanish va riboflavin fotosensibilizatoridan foydalaniladi. Ularning ta’siri ostida muguz pardaning biomexanik xossalarini yaxshilashga yordam beradigan muguz parda kollageni molekulyar bog‘lanishlarining kuchayishi yuz beradi.

Biz keratokonusni davolash uchun O‘zbekistonda birinchilardan bo‘lib krosslingking muolajasini o‘tkazishni boshladik. 10 yil mobaynida 3000 dan ortiq muolaja o‘tkazildi, to‘plangan tajriba usulning samaradorligi va xavfsizligini ko‘rsatdi.

Muguz parda segmentlarining implantatsiyasi

Muguz parda segmentlarining implantatsiyasi – keratokonusni davolashning muguz pardani mustahkamlashga, unga yanada to‘g‘ri shakl berishga va ko‘ruv funksiyalarini tiklashga yo‘naltirilgan zamonaviy metodikasi.

Bu skleral va qattiq kontakt linzalarning muqobili bo‘lib xizmat qiladigan korreksiya usuli bo‘lib, patsientlarda kasallik oqibatlaridan kelib chiqadigan noqulaylikni kamaytirish imkonini beradi.

Segmentlarning asosiy vazifasi – keratokonusda konus shakliga ega bo‘lgan zonani yanada yassiroq qilish, uning shaklini maqbul sferik shaklga yaqinlashtirishdan iborat.

Ko‘pincha segmentlardan keratokonusni kompleks davolash tarkibida krosslingking bilan qo‘shib foydalaniladi – bu holda nafaqat ko‘rish o‘tkirligini oshirishga, balki kasallikning rivojlanishini to‘xtatishga ham erishiladi.

SAIF-OPTIMA klinikasida keratokonusni davolashning afzalliklari

Sifatli diagnostika

Bizning patsientlarimiz eng zamonaviy uskunalarda to‘liq va sifatli ko‘rikdan o‘tadilar. Biz bu maqsadlar uchun noyob priborlarga egamiz:

  • Muguz parda va old kamera burchaklarining parametrlarini aniqlash uchun CASIA2 (Tomey, Yaponiya) tomografida ko‘z old bo‘lagi OKT.
  • Muguz parda shaffofligini ta’minlaydigan endotelial hujayralarni hisoblash uchun EM-4000 Tomey endotelial mikroskopi, operatsiyani rejalashtirishdan oldin ularning holatini baholash juda muhim.
  • Topolyzer Vario WAVELIGHT va ATLAS Zeiss keratotopograflari muguz pardaning nomuntazamlik darajasi yuqori va refraksiya og‘ishishining murakkab turlari bo‘lgan patsientlarni tekshirishda natijalarning aniqligini ta’minlaydi.

O‘ta aniq jarrohlik

Klinika yanada mukammal va imkon qadar xavfsiz davolashni o‘tkazish uchun operatsiya xonasini oftalmologik uskunaning noyob kompleksi bilan jihozladi. Bu kompleks o‘z ichiga quyidagilarni oladi:

Foydalanishda samaradorlik, xavfsizlik va qulaylikka alohida e’tibor berib ishlab chiqilgan eng yangi PXL PLATINUM 330 Peschke (Shveysariya) pribori krosslinkingning barcha turlarini, shu jumladan eng yangi Epi-Off (an’anaviy) va Epi-On (transepitelial) tezkor usullarini bajarish imkonini beradi.

Ziemer Femto Z8 Neo (Shveysariya) noyob femtosekundli lazer energiyaning juda qisqa impulsli va yuqori chastotali past darajasida ishlaydi. Bunday jarayonda ko‘z to‘qimalari yuqori energetik lazerlardan foydalanishga nisbatan ancha kamroq shikastlanadi.

Tajribali mutaxassislar

Operatsiyalarni ushbu patologiyani davolashda 10 yillik tajribaga ega bo‘lgan eng yaxshi mutaxassislar o‘tkazadilar. Ularning hisobida 3000 dan ortiq mamnun patsient mavjud.

Qo‘llaniladigan materiallarning sifati

Biz o‘z amaliyotimizda jahonning yetakchi ishlab chiqaruvchilarining maxsus preparatlari va materiallarini qo‘llaymiz, bu esa a’lo natijaga erishishni kafolatlaydi.

Ko‘rish qobiliyatingizni saqlang!

O‘zingiz uchun zamonaviy oftalmologiyada ayni vaqtda mavjud bo‘lgan oxirgi avlod texnologiyalarini tanlang.

Va bunda Sizga SAIF-OPTIMA ko‘z klinikasining professionallari har doim yordam beradi.

Qabulga yoziling

Qabul vaqti:

Dushanba - Juma - 9:00 dan 16:00 gacha

Shanba - 9:00 dan 14:00 gacha

Yakshanba - dam olish kuni

Toshkentdagi manzil:

Toshkent sh., Alimkent 1-tor ko'chasi, 32

Andijondagi manzil:

Andijon sh., Chauma ko'chasi,73

Elektron manzil: