SAIF-OPTIMA ko’z klinikasi 2004 yildan buyon kattalar va bolalarni jarrohlik yo‘li bilan davolashning butun jahonda tan olingan usuli yordamida kataraktani muvaffaqiyatli davolab kelmoqda. Va 20 yil mobaynida bemorlarga diagnoz qo‘yish va davolashda, ularning sonini oshirish emas, balki sifat uchun kurash faoliyatimizning asosiy postulati hisoblanadi.
Bugungi kunda klinika o‘z patsientlariga nafaqat an’anaviy ultratovushli fakoemulsifikatsiyani, balki 21 asrning eng yangi texnologiyasi – FEMTO Z8 NEO (Ziemer, Shveysariya) bilan kataraktaning Femtolazer jarrohligini taklif etadi.
Kataraktaning femtolazerli jarrohligi
Katarakta jarrohligini femtolazer bilan birga olib borish uning sermashaqqat va murakkab bosqichlarini yuqori aniqlik va xavfsizlik bilan bajarish imkonini beradi.
Katarakta nima?
Katarakta – bu ko’z kasalligi bo‘lib, unda ko‘z gavharining qisman yoki to‘liq xiralashishi yuz beradi.
Ko‘z gavharining asosiy vazifasi – nurlarni sindirish va ularni keyin to‘rpardaga proeksiyalashdan iborat. Uning xiralashishi nurlar sinishining buzilishiga olib keladi, ko‘rish o‘tkirligi pasayadi yoki ko‘rlik yuzaga keladi.
Katarakta simptomlari:
- Ko‘rish o‘tkirligining pasayishi
- Ko‘z oldida yengil oq parda va qora dog‘lar
- Tasvirning buzilishi
- Predmetlarning ko‘payib ko‘rinishi
- Yorqin yorug‘likka, ayniqsa yorqin quyoshga yoki avtomobilni tungi vaqtda boshqarishda, yuqori sezuvchanlik
- Uzoqni ko‘ra olmaslikning paydo bo‘lishi yoki ortishi, bunda ko‘zoynaklarni tez-tez almashtirish talab etiladi.
Operatsiyani qachon qilish kerak?
Qancha tez bo‘lsa, shuncha yaxshi!
Birinchidan, kataraktaning kechki bosqichlarida sun’iy gavharni tanlash murakkabroq bo‘ladi, bu operatsiyadan keyin yaxshi ko‘rish uchun juda muhimdir.
Ikkinchidan, operatsiyani erta bosqichlarda o‘tkazish xavfsizroq. Kechki bosqichlarda kataraktaga boshqa kasalliklar qo‘shilishi mumkin, bu esa davolashni murakkablashtiradi.
Uchinchidan, o‘z vaqtida qilingan operatsiya Sizga to‘laqonli hayot tarzini olib borish va dunyoni yangicha ko‘rish imkonini beradi.
Davolash bosqichlari
1-bosqich
Kompleks diagnostika
2-3 soat
2-bosqich
Operatsiya
15 daqiqa
3-bosqich
Operatsiyadan keyingi ko‘rik
30 daqiqa
Operatsiya qanday o‘tadi ?
- Fakoemulsifikatsiyada muguz pardada uzunligi 2,0-2,2 mm li kesik qilinadi, ultratovushli uchlik kesikka kiritiladi, u xiralashgan gavharni ultra tovush bilan maydalaydi, bir vaqtning o‘zida emulsiyaga aylangan ko‘z gavhari ko‘zdan chiqariladi.
- Shundan so‘ng intraokulyar linza (IOL) kesikni kengaytirmasdan ko‘zga kiritiladi. Bu sun’iy gavhar ko‘z ichida kapsula qopchasida mahkamlanadi.
- Operatsiya choklar tushirishni talab qilmaydi.
Biz IOLning qanday turlaridan foydalanamiz?
Klinikamiz o‘zining davolash ishlarida ikkita eng yirik va tekshirilgan tayyorlovchilar – ZEISS va Medicontur ishlab chiqargan IOLning har xil turlaridan foydalanadi.
ZEISS AT LISA
maqbullashtirilgan asferik optikali multifokal linza, kontrast sezuvchanlikni, ravshanlik chuqurligini va ancha o‘tkir ko‘rishni ta’minlaydi.
ZEISS AT LISA toric
Bir vaqtning o‘zida astigmatizmni korreksiyalash va uzoqni va yaqinni ko‘rishni yaxshilash bilan bir vaqtda kataraktani davolash uchun mo‘ljallangan. U astigmatizmni katta aniqlikda korresiyalash va patsientga eng yuqori ko‘rish o‘tkirligini ta’minlash imkonini beradi.
ZEISS AT LISA tri
O‘rta masofalarda ko‘rishning haqiqiy sifatini yaxshilash uchun mo‘ljallangan birinchi trifokal intraokulyar linza. Yuqori kontrast sezuvchanlikni ta’minlaydi, u esa sutkaning qorong‘i vaqtida patsientning ko‘rish qobiliyatini yaxshilaydi.
Medicontur dan Liberty677MY
yaqin, o‘rta va uzoq masofalarda ko‘rishni tiklash uchun mo‘ljallangan. Qirrasining 360° aylana bo‘yicha maxsus to‘g‘ri burchakli dizayni ko‘z gavhari ort kapsulasi xiralashishining oldini oladi.
SAIF-OPTIMA ko‘z klinikasida kataraktani davolashning afzalliklari
Zamonaviy diagnostika
Bizning patsientlarimiz eng zamonaviy uskunalarda to‘liq va sifatli ko‘rikdan o‘tadilar. Biz bu maqsadlar uchun noyob priborlarga egamiz:
- Mashhur Carl Zeiss kompaniyasining IOL Master 700 pribori, u ko‘zga tegmasdan uning optik parametlarini avtomatik aniqlash imkonini beradi.
- Muguz parda, ko‘z gavhari va old kamera burchagi parametrlarini aniqlash uchun CASIA2 (Tomey, Yaponiya) tomografida ko‘z old bo‘lagi Optik Kogerent Tamografi.
- Muguz parda shaffofligini ta’minlaydigan endotelial hujayralarni hisoblash uchun EM-4000 Tomey endotelial mikroskopi, operatsiyani rejalashtirishdan oldin ularning holatini baholash juda muhim.
O‘ta aniq jarrohlik
Klinika kataraktaning yanada mukammal va imkon qadar xavfsiz jarrohligini o‘tkazish uchun operatsiya xonasini oftalmologik uskunaning noyob kompleksi bilan jihozladi. Bu kompleks o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
Noyob zamonaviy ZEISS CALLISTO eye uskunasi – yaxlit bir tizim sifatida ZEISS OPMI LUMERA 700 mikroskopining intraoperatsion navigatsiyasi va boshqarishning eng yangi tizimi.
Juda yaxshi ZEISS optikasi va IDIS integratsiyalashgan tizimi eng oxirgi texnologiyalardan foydalanish imkonini beradi va torik, multifokal intraokulyar linzalarni aniq markazlashtirishni ta’minlaydi.
CENTURION Vision System yangi avlod jarrohlik tizimi.
Tajribali mutaxassislar
Operatsiyalar eng yaxshi mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi:
Saliyev Iqbol Fozilovich – tibbiyot fanlari nomzodi, oliy toifali shifokor, Yevropa katarakta va refraktsion jarrohlar jamiyati (ESCRS) a’zosi bo’lib, u O’zbekistonda birinchi marta fakoemulsifikatsiya usulini joriy etgan va 20 mingdan ortiq bemorni muvaffaqiyatli operatsiya qilgan.
Muhamedova Nazokat Ismoilovna – yuqori toifali shifokor, Turkiya oftalmologlar jamiyatining a’zosi, 8 yil davomida muvaffaqiyatli operatsiyalar qilib kelmoqda va uning hisobida bir necha ming mamnun bemori bor.
Qo‘llaniladigan materiallarning sifati
Biz xiralashgan ko‘z gavharini almashtirish uchun faqat jahondagi yetakchi ishlab chiqaruvchilarning sifatli intraokulyar linzalari (asferik, torik, trifokal, trifokal torik, EDOF fokus chuqurligi oshirilgan linzalar) dan foydalanamiz. Bu esa o’z navbatida, operatsiyadan keyin ko‘rishning eng yaxshi o‘tkirligini va hayotning sifatli darajasini ta’minlaydi. Bunday linzalar vaqt o‘tishi bilan almashtirishni talab qilmaydi va yaroqlilik muddatiga ega emas.
Tanlov o‘zingizdan!
Sizga sog‘lig‘ingiz evaziga tejash kerakmi?
O‘ylab ko‘ring… yangi smartfon olgandan ko‘ra yangi, sifatli ko‘rishga ega bo‘lish yaxshiroq emasmi ?
O‘zingiz uchun zamonaviy oftalmologiyada ayni vaqtda mavjud bo‘lgan oxirgi avlod texnologiyasini tanlang.
Va bunda Sizga SAIF-OPTIMA ko‘z klinikasining professionallari har doim yordam beradi.
Qabulga yoziling
Qabul vaqti:
Dushanba - Juma - 9:00 dan 16:00 gacha
Shanba - 9:00 dan 14:00 gacha
Yakshanba - dam olish kuni
Toshkentdagi manzil:
Toshkent sh., Alimkent 1-tor ko'chasi, 32
Andijondagi manzil:
Andijon sh., Chauma ko'chasi,73