CLEAR nima?
CLEAR – bu bugungi kundagi ko‘rishni lazerli korresiyalashning eng takomillashgan uchinchi avlod texnologiyasi – lentikulani eng kam aralashuv bilan ekstraksiyalash. Ushbu texnologiya SMILE usulining analogidir.
CLEAR, RelexSMILE, SmartSight texnologiyalari metodikalarning uchinchi avlodiga kiradi.
Operatsiya muguz pardaning eng kichik kesigi orqali o‘tkaziladi va LASIK usulidagi kabi muguz parda laxtagi shakllantirishni talab qilmaydi va FRK usulidagi kabi muguz parda epiteliysini shikastlamaydi.
CLEAR qanday o‘tkaziladi?
Butun operatsiya 10 daqiqaga yaqin vaqt oladi va o‘z ichiga quyidagi bosqichlarni oladi:
Muguz parda qatlamida femtosekundli lazer yordamida lentikula shakllantirish
Lentikulani chiqarib olish uchun muguz pardada 1,8 — 3,8 mm li mikrokesik qilish
Lentikulani mikrokesik orqali olib tashlash
Nima uchun CLEAR?
CLEAR bir qator afzalliklarga ega:
- Ko‘z olmasi harakatini kompensatsiyalovchi lazer ta’sirini noyob avtomatik markazlashtirish korreksiya muolajasi vaqtida yuqori natijaga erishish imkonini beradi.
- FEMTO Z8 NEO ning maxsus tizimi astigmatizm o‘qini avtomatik korreksiyalaydi, bu ushbu kasallik bilan kasallangan patsientlarda katta ahamiyatga ega.
- CLEAR texnologiyasida operatsiyadan keyingi davrda muguz parda klapanining siljishi mumkin emas, chunki bu usulda klapan hosil qilinmaydi. Bu hatto faoliyatning ko‘zning jarohatlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan faol turlari bilan shug‘ullanadigan (sportchilar, harbiylar, faol dam olishni yaxshi ko‘radigan) patsientlarga ham muolajani o‘tkazish imkonini beradi.
- Muguz pardaning tabiiy mustahkamligini saqlab qoladigan texnologiya va muguz parda nervlarining juda kam shikastlanishi tufayli quruq ko‘z sindromining rivojlanish xavfi ancha pasayadi.
CLEAR kimlar uchun?
Ushbu usul ko‘rishida quyidagi muammolari bo‘lgan patsientlar uchun mo‘ljallangan:
- Uzoqni yaxshi ko‘rmaslik (miopiya) −0,5 dan −10 dioptriygacha
- Miopik astigmatizm −0,5 dan −5 dioptriygacha
- Uzoqni yaxshi ko‘rmaslik (miopiya) va miopik astigmatizm −0,5 dan −12,5 dioptriygacha sferik ekvivalentda
Bundan tashqari ushbu metodika sportchilarga, harbiylar va faol hayot tarzini olib boradigan boshqa patsientlarga ham to‘g‘ri keladi.
CLEAR nimaning yordamida o‘tkaziladi?
Bizning klinikamizda CLEAR Ziemer Femto Z8 NEO (Shveysariya) takomillashtirilgan femtosekundli lazer qurilmasida bajariladi.
Uning noyobligi shundan iboratki, u energiyaning juda qisqa impulsli va yuqori chastotali past darajasida ishlaydi. Bunday jarayonda ko‘z to‘qimalari yuqori energetik lazerlardan foydalanishga nisbatan ancha kamroq shikastlanadi.
FEMTO Z8 NEO uchun maxsus ishlab chiqilgan optik kogerent tomografiyaning patentlangan tizimi jarrohga ko‘z tuzilishining alohida ko‘rinishini olish imkonini beradi va operatsiya bosqichlarini bajarishni maqbullashtiradi.
Tanlov o‘zingizdan!
Sizga o‘z sog‘lig‘ingiz hisobiga tejash kerakmi?
O‘ylab ko‘ring yangi smartfon olgandan ko‘ra yangi, sifatli ko‘rishga ega bo‘lish yaxshiroq emasmi?
O‘zingiz uchun zamonaviy oftalmologiyada ayni vaqtda mavjud bo‘lgan oxirgi avlod texnologiyalarini tanlang.
Va bunda Sizga SAIF-OPTIMA ko‘z klinikasining professionallari har doim yordam beradi.
Qabulga yoziling
Qabul vaqti:
Dushanba - Juma - 9:00 dan 16:00 gacha
Shanba - 9:00 dan 14:00 gacha
Yakshanba - dam olish kuni
Toshkentdagi manzil:
Toshkent sh., Alimkent 1-tor ko'chasi, 32
Andijondagi manzil:
Andijon sh., Chauma ko'chasi,73