CLEAR endi Saif-Optima da!

CLEAR endi Saif-Optima da!

CLEAR – bugungi kunda eng kam aralashuv bilan ko‘rishni lazerli korreksiyalashning eng takomillashgan usuli.
Operatsiya muguz pardaning eng kichik (1,8–3,8 mm) kesigi orqali o‘tkaziladi, bu muguz parda laxtagini (LASIK metodikasidagi kabi) shakllantirishni va muguz parda epiteliysini shikastlashni (FRK usulidagi kabi) talab qilmaydi.
Ushbu usul muammolarning quyidagi keng spektrini hal qilish imkonini beradi:
– uzoqni yaxshi ko‘ra olmaslik (miopiya) − 0,5 dan −10 dioptriygacha,
– miopik astigmatizm −0,5 dan −10 dioptriygacha,
– uzoqni yaxshi ko‘ra olmaslik (miopiya) va miopik astigmatizm − 0,5 dan −12,5 dioptriygacha sferik ekvivalentda.
Bundan tashqari ushbu metodika sportchilarga, harbiylar va faol hayot tarzini olib boradigan boshqa patsientlarga to‘g‘ri keladi.
Bizning klinikamizda CLEAR Ziemer Femto LDV Z8 (Shveysariya) noyob femtosekundli lazer qurilmasida bajariladi.
Shuningdek, eslatib o‘tamiz, klinikamizda har juma kuni femtolazer korreksiyasini o‘tkazish imkoniyatini aniqlash uchun 50% li chegirma bilan diagnozlash o‘tkaziladi!

Share this post

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan