O’zbekistonda katarakta femtolazer jarrohligi

SAIF OPTIMA klinikasi 2004 yildan jarrohlik yo‘li bilan davolashning butun jahonda tan olingan usuli yordamida kataraktani muvaffaqiyatli davolab kelmoqda. Va 20 yil mobaynida patsientlarga diagnoz qo‘yish va davolashda, ularning sonini oshirish emas, sifat uchun kurash faoliyatimizning asosiy postulati hisoblanadi.

Bugungi kunda klinika o‘z patsientlariga nafaqat an’anaviy ultratovushli fakoemulsifikatsiyani, balki 21 asrning eng yangi texnologiyasi – FEMTO Z8 NEO (Ziemer, Shveysariya) bilan kataraktaning Femtolazer jarrohligini taklif etadi.

Katarakta jarrohligini femtolazer bilan birga olib borish uning sermashaqqat va murakkab bosqichlarini yuqori aniqlik va xavfsizlik bilan bajarish imkonini beradi.

Texnologiya haqida

Zamonaviy katarakta jarrohligi operatsiyaning femtosekund-lazer hamrohligida o’tkazilishini nazarda tutadi.
Klinikamizda biz FEMTO Z8 Neo (Ziemer, Shveytsariya) – zamonaviy femtosekund lazerdan foydalanamiz. Qisqa, yuqori chastotali impulslardan foydalanish tufayli lazer ko’z to’qimalarining shikastlanishini sezilarli darajada kamaytiradi.

FEMTO Z8 Neo nafaqat bevosita lazer tizimi, balki yuqori texnologiyali DT bo’lib, uning yordamida shifokor operatsiya bosqichlarini dasturlashtiradi. Lazer katarakta jarrohligining har qanday: shox pardadan tortib murakkabgacha bo’lgan bosqichlarini yuqori aniqlik bilan bajarishga imkon beradi, shuningdek, bu operatsiyani uzoqni ko’ra olmaslik, glaukoma, shox parda patologiyasi, psevdoeksfoliativ sindrom, yoshga bog’liq makulopatiya, qandli diabet va jarrohlik natijalariga ta’sir qiluvchi boshqa patologiyalar kabi murakkab holatlarda yanada xavfsizroq bajarish imkonini beradi.

Femtolazer katarakta jarrohligining afzalliklari:

  • Shifokorning qo’lda amalga oshirgan manipulyatsiyasiga qaraganda yuqori aniqlik: inson omili tufayli xato ehtimoli kamayadi
  • Barcha manipulyatsiyalar ma’lum bir bemorning anatomiyasini hisobga olgan holda alohida dasturlashtiriladi
  • Tezkor reabilitatsiya: lazer ko’z gavharini olib tashlash uchun ishlatiladigan ultratovush darajasini pasaytiradi, bu esa muolajani kamroq shikastlantiruvchi qiladi
  • Operatsiyadan keyingi asoratlar xavfi kamayadi
  • Kataraktaning murakkab turlarini yuqori aniqlik bilan muvaffaqiyatli operatsiya qilish qobiliyati ko’z gavhari yanada barqaror holatda bo’lishini ta’minlaydi.

Operatsiyani qachon qilish kerak?

Qanchalik tez bo’lsa, shuncha yaxshi!

Birinchidan, kataraktaning kechki bosqichlarida sun’iy gavharni tanlash murakkabroq bo‘ladi, bu operatsiyadan keyin yaxshi ko‘rish uchun juda muhimdir.

Ikkinchidan, operatsiyani erta bosqichlarda o‘tkazish xavfsizroq. Kechki bosqichlarda kataraktaga boshqa kasalliklar qo‘shilishi mumkin, bu esa davolashni murakkablashtiradi.

Uchinchidan, o‘z vaqtida qilingan operatsiya Sizga to‘laqonli hayot tarzini olib borish va dunyoni yangicha ko‘rish imkonini beradi.

Davolash bosqichlari

1-bosqich

Kompleks diagnostika

2-3 soat

2-bosqich

Operatsiya

20 daqiqa

3-bosqich

Operatsiyadan keyingi ko‘rik

30 daqiqa

Operatsiya qanday o’tadi?

  • OKT ma’lumotlari asosida shox pardaga kirish parametrlari hisoblanadi
  • Femtosekund lazer oldindan hisoblangan parametrlarni hisobga olgan holda shox pardaga kirish imkoniyatini yaratadi
  • Lazerli kapsuloreksis: ko’z gavharining oldingi kapsulasida gavhar moddasiga kirishni ochadigan dumaloq teshik amalga oshiriladi. Manipulyatsiyaning aniqligi jarrohning qo’lda amalga oshiradigan manipulyatsiyasiga qaraganda ancha yuqori
  • Lazer nurlari atrofdagi to’qimalarga ta’sir qilmasdan ko’z gavharining fragmentlanishini amalga oshiradi.
  • Ko’z gavhari suyuq emulsiyaga aylanadi va maxsus qurilma yordamida chiqariladi
  • Ko’z gavhari kapsulasiga sun’iy linza implantatsiya qilinadi

Biz IOLning qanday turlaridan foydalanamiz?

Klinikamiz o‘zining davolash ishlarida ikkita eng yirik va tekshirilgan tayyorlovchilar – ZEISS va Medicontur ishlab chiqargan IOLning har xil turlaridan foydalanadi.

ZEISS AT LISA

maqbullashtirilgan asferik optikali multifokal linza, kontrast sezuvchanlikni, ravshanlik chuqurligini va ancha o‘tkir ko‘rishni ta’minlaydi.

ZEISS AT LISA toric

Bir vaqtning o‘zida astigmatizmni korreksiyalash va uzoqni va yaqinni ko‘rishni yaxshilash bilan bir vaqtda kataraktani davolash uchun mo‘ljallangan. U astigmatizmni katta aniqlikda korresiyalash va patsientga eng yuqori ko‘rish o‘tkirligini ta’minlash imkonini beradi.

ZEISS AT LISA tri

O‘rta masofalarda ko‘rishning haqiqiy sifatini yaxshilash uchun mo‘ljallangan birinchi trifokal intraokulyar linza. Yuqori kontrast sezuvchanlikni ta’minlaydi, u esa sutkaning qorong‘i vaqtida patsientning ko‘rish qobiliyatini yaxshilaydi.

Medicontur dan Liberty677MY

yaqin, o‘rta va uzoq masofalarda ko‘rishni tiklash uchun mo‘ljallangan. Qirrasining 360° aylana bo‘yicha maxsus to‘g‘ri burchakli dizayni ko‘z gavhari ort kapsulasi xiralashishining oldini oladi.

SAIF-OPTIMA ko‘z klinikasida kataraktani davolashning afzalliklari

Zamonaviy diagnostika

Bizning patsientlarimiz eng zamonaviy uskunada to‘liq va sifatli ko‘rikdan o‘tadilar. Bu maqsadlar uchun biz noyob priborlarga egamiz:

  • mashhur Carl Zeiss kompaniyasining IOL Master 700 pribori, u ko‘zga tegmasdan uning optik parametlarini avtomatik aniqlash imkonini beradi.
  • Muguz parda, ko‘z gavhari va old kamera burchagi parametrlarini aniqlash uchun CASIA2 (Tomey, Yaponiya) tomografida ko‘z old bo‘lagi OKT.
  • Muguz parda shaffofligini ta’minlaydigan endotelial hujayralarni hisoblash uchun EM-4000 Tomey endotelial mikroskopi, ularning holatini operatsiyani rejalashtirishdan oldin baholash juda muhim.

O‘ta aniq jarrohlik

Klinika kataraktaning yanada mukammal va imkon qadar xavfsiz jarrohligini o‘tkazish uchun operatsiya xonasini oftalmologik uskunaning noyob kompleksi bilan jihozladi. Bu kompleks o‘z ichiga quyidagilarni oladi:

Noyob zamonaviy ZEISS CALLISTO eye uskunasi – yaxlit bir tizim sifatida ZEISS OPMI LUMERA 700 mikroskopining intraoperatsion navigatsiyasi va boshqarishning eng yangi tizimi.

Juda yaxshi ZEISS optikasi va IDIS integratsiyalashgan tizimi eng oxirgi texnologiyalardan foydalanish imkonini beradi va torik, multifokal intraokulyar linzalarni aniq markazlashtirishni ta’minlaydi.

CENTURION Vision System yangi avlod jarrohlik tizimi

Tajribali mutaxassislar

Operatsiyalarni eng yaxshi mutaxassislar o‘tkazadi:

Saliev Iqbol Fazilovich – tibbiyot fanlari nomzodi, oliy toifali vrach, Yevropa katarakta va refraksiya jarrohlari jamiyati (ESCRS) ning a’zosi, O‘zbekistonda birinchi marta fakoemulsifikatsiya usulini joriy etgan va 20 mingdan ortiq patsientni muvaffaqiyatli operatsiya qilgan.

Muhamedova Nazokat Ismoilovna – oliy toifali vrach, Turkiya oftalmologlar jamiyatining a’zosi, 8 yil davomida muvaffaqiyatli operatsiyalar qilib kelmoqda va uning hisobida undan mamnun bir necha ming patsient bor.

Qo‘llaniladigan materiallarning sifati

Biz xiralashgan ko‘z gavharini almashtirish uchun faqat jahondagi yetakchi ishlab chiqaruvchilarning sifatli intraokulyar linzalari (asferik, torik, trifokal, trifokal torik, EDOF fokus chuqurligi oshirilgan linzalar) dan foydalanamiz. Bu operatsiyadan keyin ko‘rishning eng yaxshi o‘tkirligini va hayotning sifatli darajasini ta’minlaydi. Bunday linzalar vaqt o‘tishi bilan almashtirishni talab qilmaydi va yaroqlilik muddatiga ega emas.

Tanlov o‘zingizdan!

Sizga o‘z sog‘lig‘ingiz hisobiga tejash kerakmi?

O‘ylab ko‘ring… yangi smartfon olgandan ko‘ra yangi, sifatli ko‘rishga ega bo‘lish yaxshiroq emasmi ?

O‘zingiz uchun zamonaviy oftalmologiyada ayni vaqtda mavjud bo‘lgan oxirgi avlod texnologiyalarini tanlang.

Va bunda Sizga SAIF-OPTIMA ko‘z klinikasining professionallari har doim yordam beradi.

Qabulga yoziling

Qabul vaqti:

Dushanba - Juma - 9:00 dan 16:00 gacha

Shanba - 9:00 dan 14:00 gacha

Yakshanba - dam olish kuni

Toshkentdagi manzil:

Toshkent sh., Alimkent 1-tor ko'chasi, 32

Andijondagi manzil:

Andijon sh., Chauma ko'chasi,73

Elektron manzil: