Glaukomani davolash

SAIF OPTIMA klinikasi 2004 yildan kattalar va bolalarning ko‘z kasalliklarini muvaffaqiyatli davolab kelmoqda. Va 20 yil mobaynida patsientlarga diagnoz qo‘yish va davolashda ularning sonini oshirish emas, balki sifat uchun kurash faoliyatimizning asosiy postulati hisoblanadi.

Klinikaning ustun jihatlaridan biri glaukomaning mikroinvaziv jarrohligi, shuningdek bu kasallikni uning eng erta bosqichlarida diagnozlash va davolash imkonini beradigan noyob uskunaning mavjudligi hisoblanadi.

Bugungi kunda bizning mutaxassislarimiz tomonidan drenajlar va klapanli implantlar implantatsiyasi bilan amalga oshiriladigan glaukoma jarrohligi joriy etilgan va faol qo‘llanilmoqda.

Glaukoma nima?

Glaukoma – ko‘ruv nervining shikastlanishiga olib keladigan ko‘z kasalliklari guruhi bo‘lib, ko‘z ichki bosimi (KIB) oshishi sababli yuzaga keladi, agar davolanmasa ko‘rish qobiliyatining yomonlashishiga olib keladi.

Glaukomani «ko‘rishning yuvosh o‘g‘risi» deb atashadi, chunki ko‘rish qobiliyati va ko‘rish maydonining yo‘qotilishi odatda simptomlarsiz, sekin-asta va uzoq vaqt mobaynida yuz beradi. Bu qarish, glaukomaning oilaviy anamnezi va ba’zi bir kasalliklar yoki dorilarni qabul qilish bilan bog‘liq.

Glaukoma ko‘rishning qaytarilmas yo‘qotilishi va ko‘rlikning asosiy sababi hisoblanadi

Sog'lom ko'z

Glaukomali ko'z

Glaukoma simptomlari:

Glaukomaning eng makkor jihati – uning patsient uchun simptomlarsiz kechishi. Uning mavjudligini faqat oftalmolog qabulida aniqlash mumkin.

Lekin, juda kamdan-kam hollarda bemorning o‘zi ba’zi bir simptomlarni mustaqil sezishi mumkin:

  • Ko‘zlardagi og‘riq
  • Ko’ngil aynishi
  • Ko’zning qizarishi
  • Ko’rishning to’satdan yomonlashishi
  • Yorug‘lik manbai atrofida doiralar yoki halqalar
  • Parda tushishi

Glaukomani keltirib chiqaruvchi omillar shu vaqtgacha ma’lum emas. Lekin patologiya nasl bo‘yicha o‘tishi mumkinligi ma’lum.

Glaukomani davolash

Glaukomani davolashning asosiy usuli ko‘z ichki bosimini pasaytirish va me’yorlashtirish hisoblanadi, shu bilan biz glaukoma rivojlanishini sekinlashtirish va patsientlar hayot sifatini saqlab qolishimiz mumkin.

Glaukomani davolashni ko‘z tomchilari tayinlashdan boshlaydilar. Lekin agar Sizga glaukomaning erta bosqichida davolashning lazerli yoki jarrohlik usulini taklif etsalar, bundan qo‘rqish kerak emas. Jahon yetakchi oftalmologlarining fikricha bunday yondashuv ko‘rishni saqlab qolish uchun eng samarali.

Tekshiruv natijalari davolashning qanday usuli eng maqbul ekanligini ko‘rsatadi. Va mutaxassislarimiz patologiya, uning shakli, bosqichiga bog‘liq holda Sizga davolash taktikasini taklif etadilar.

SAIF-OPTIMA da glaukomani davolashning barcha variantlari mavjud:

  • Glaukomaning an’anaviy mikrojarrohligi
  • Glaukomaning drenajlar va implantlar qo‘llaniladigan jarrohligi
  • Ilgari operatsiya qilingan glaukomaning takroriy jarrohligi
  • Glaukomaning eng kam invaziv jarrohligi (MIGS)
  • Lazerli davolashning barcha turlari
  • Dori-darmonlar bilan davolash

Glaukomani SAIF-OPTIMA ko‘z klinikasida davolashning afzalliklari

Sifatli diagnozlash, jarrohlik va dinamik kuzatuv

Diagnozlash

Patsientlar eng zamonaviy uskunada to‘liq va sifatli ko‘rikdan o‘tadilar. Xususan, bu:

  • Sizning ko‘rish maydoningiz holatini aniqlovchi kompyuter perimetriyasi;
  • SPECTRALIS (Heidelberg Engineering, Germaniya) maxsus glaukoma modulida to‘rparda nerv tolalari qatlamining holatini baholagan holda ko‘ruv nervining optik kogerent tomografiyasi (OKT);
  • Muguz parda, rangdor parda anatomiyasini va old kamera burchagini o‘rganish uchun CASIA2 (Tomey, Yaponiya) tomografida ko‘z old bo‘lagi OKT,
  • STAR Analysis ilovasidan foydalanib drenaj tuzilmalarining raqamli kontaktsiz gonioskopiyasi.

Barcha bu tekshiruvlar davolashning maqbul usulini tanlashda zarur bo‘ladi.

O‘ta aniq jarrohlik

Operatsiyalarni o‘tkazish uchun biz RESCAN 700 intraoperatsion tomografi o‘rnatilgan OPMI Lumera 700 (Carl Zeiss Meditec, Germaniya) operatsiya mikroskopidan foydalanamiz, shu tufayli jarroh jarrohlik aralashuvi borishida tez qaror qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Bu texnologiya bizga ko‘rish qiyin vaqtlarda, shuningdek kanaloplastika muolajalari va boshqa glaukomalarga qarshi operatsiyalarda drenajlar implantatsiyasini nazorat qilishga yordam beradi.

Tajribali mutaxassislar

Glaukomatozga qarshi (ko‘z ichki bosimini tushirish) operatsiyalarni tibbiyot fanlari nomzodi, Yevropa glaukoma jamiyati (EGS), Rossiya oftalmologlar jamiyati (ROJ) va Germaniya oftalmologlar jamiyati (DOG) a’zosi Zohidov Azizbek Bahodirovich o‘tkazadi, u 2012 yilda O‘zbekistonda birinchi marta glaukomani davolashning zamonaviy usuli – SLT ni joriy etgan. Doktor A.B.Azizov klinikaning bosh vrachi I.F.Soliev rahbarligida oxirgi 10 yil mobaynida drenajlar implantatsiyasi bilan glaukomaning jarrohlik metodikasini faol joriy etib kelmoqda.

U 3 mingdan ortiq patsientni muvafaqqiyatli operatsiya qilgan.

Qo‘llaniladigan sarflama materiallar sifati

Biz glaukoma jarrohligining samaradorligini oshirish uchun faqat jahon yetakchi ishlab chiqaruvchilarining “tekshirilgan” drenajlaridan (kollagenli, gidrogelli) va klapan qurilmalari (AADI, Axmed klapani, Ex-Press Mini Glaucoma Shunt) dan foydalanamiz, bu eng yuqori gipotenziv samarani, ularning yaxshi qabul qilinishini va operatsiyadan keyin hayotning sifatli darajasini ta’minlaydi.

Ko‘rish qobiliyatingizni saqlang!

O‘zingiz uchun zamonaviy oftalmologiyada ayni vaqtda mavjud bo‘lgan oxirgi avlod texnologiyasini tanlang

Va bunda Sizga SAIF-OPTIMA ko‘z klinikasining professionallari har doim yordam beradi.

Siz ushbu hujjatni yuklab olib, operatsiyagacha va undan keyingi zarur harakatlar to‘g‘risidagi axborot bilan tanishishingiz mumkin:

Qabulga yoziling

Qabul vaqti:

Dushanba - Juma - 9:00 dan 16:00 gacha

Shanba - 9:00 dan 14:00 gacha

Yakshanba - dam olish kuni

Toshkentdagi manzil:

Toshkent sh., Alimkent 1-tor ko'chasi, 32

Andijondagi manzil:

Andijon sh., Chauma ko'chasi,73

Elektron manzil: